Toshkentda xususiy bog‘chada yong‘in sodir bo‘ldi

O‘zbekiston 14:27 / 03.12.2022 5855

Bugun, 3 dekabr kuni soat 02:00 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani «Jarariq» MFY, Jarariq ko‘chasida joylashgan xususiy bog‘chada yong‘in kelib chiqqani to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 02:03 yetib borgan va yong‘in soat 02:30 da qurshab olinib, soat 02:46 da bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida bino 2-qavatining 200 kvadrat metr maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan. Qutqaruvchilar harakatlari tufayli yong‘indan binoning 300 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘qligi aytiladi.

Hozirda yong‘in kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: