Favqulodda vaziyat xavfi haqida aholiga xabar berish tizimi yaratiladi

O‘zbekiston 07:18 / 03.12.2022 1480

“Favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir bo‘lgani haqida aholiga xabar berish va ma’lumot (axborot) yetkazish avtomatlashtirilgan tizimini yaratish va rivojlantirish hamda tizimdan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir bo‘lgani haqida aholiga xabar berish va ma’lumot (axborot) yetkazish avtomatlashtirilgan tizimini (XMAT) yaratish, tizimdan foydalanish tartibi hamda tizimni baholash ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi:

  • XMAT asosiy maqsadi va vazifalari;
  • XMAT tarkibi;
  • XMATni yaratish, saqlash va undan foydalanish tartibi;
  • XMAT holatini tekshirish va tizimni baholash ko‘rsatkichlari.

XMATni yaratish buyurtmachisi etib: respublika va mahalliy darajada  Favqulodda vaziyatlar vazirligi; lokal va obekt darajada xabar berish tizimlarini yaratish bo‘yicha normativ hujjatlarda ko‘rsatilgan tashkilotlar belgilanadi.

Belgilab qo‘yilishicha:

  • Favqulodda vaziyatlar vazirligi favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir bo‘lgani to‘g‘risida respublika aholisiga xabar berish va ma’lumot (axborot) yetkazish sohasidagi tadbirlarga umumiy rahbarlik qiluvchi va muvofiqlashtiruvchi markaziy organ hisoblanadi;
  • lokal va obekt darajasidagi XMATni yaratish, modernizatsiya qilish bo‘yicha barcha texnik, loyihaoldi va loyiha hujjatlari Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilishi shart.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi:

  • 2026 yilga qadar respublika va mahalliy darajadagi tizimni modernizatsiya qilish hamda bosqichma-bosqich ishga tushirishni amalga oshiradi;
  • manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda joriy etilayotgan tartib asosida XMATni yaratish, ishga tushirish tadbirlari borishi va tayyorgarligi har yillik tekshiruvini amalga oshiradi hamda Vazirlar Mahkamasiga XMAT texnik holati to‘g‘risida axborot kiritadi; 
  • Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi Unicon.uz fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi DUK bilan hamkorlikda XMATni yaratish bo‘yicha milliy standartlarni ishlab chiqish, mavjud xalqaro normalarni milliylashtirish hamda tizim texnik vositalarini ishlab chiqish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi.

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari: MATni yaratish, ishlatish va saqlashda Favqulodda vaziyatlar vazirligiga amaliy yordam ko‘rsatadi; barcha darajadagi XMAT vositalari saqlanishini tashkil etadi.   

Ko‘proq yangiliklar: