Samarqand shahrida ham transport vositalarining maksimal tezligi soatiga 60 km etib belgilanishi mumkin

O‘zbekiston 11:50 / 02.12.2022 8701

Samarqand shahrida ham transport vositalari maksimal tezligi soatiga 60 km etib belgilanishi mumkin. Bu haqda 2022 yil 2 dekabr kuni Xalq deputatlari Samarqand viloyat kengashining navbatdagi sessiyasida viloyat IIB JXX YHXB boshlig‘i Shavkat Boyxo‘rozov aytib o‘tgan.

Ma’lum qilinishicha, Sh.Boyxo‘rozov sessiyada Samarqandda harakat xavfsizligini ta’minlash va ayanchli yo‘l-transport hodisalarining oldini olish uchun Samarqand shahrida transport vositalari maksimal tezligini soatiga 70 kmdan 60 kmga tushirish zarurati yuzaga kelayotganini ma’lum qilgan. Shuningdek, u deputatlarga mazkur masala yuzasidan o‘z takliflarini bildirgan.

Viloyat IIB JXX YHXB axborot xizmatining Kun.uzʼga ma’lum qilishicha, Sh.Boyxo‘rozovning taklifi viloyat kengashi tomonidan tasdiqlansa, Samarqand shahrida transport vositalari maksimal tezligi soatiga 60 km etib belgilanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda transport vositalariga aholi punktlarida ruxsat etilgan maksimal tezlik soatiga 70 km. Boshqa yo‘llarda soatiga 100 km.

Avvalroq, Toshkent shahridagi bir qator ko‘chalarda maksimal tezlik soatiga 50 va 60 km etib belgilangandi.

Ko‘proq yangiliklar: