O‘zbekistonda nemis standartlari asosida kadrlar malakasini oshirish markazlari tashkil etiladi

O‘zbekiston 09:55 / 02.12.2022 1527

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida imzolangan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar, Germaniya-O‘zbekiston Ishbilarmonlar kengashi 6-yig‘ilishi yakunlari yuzasidan qabul qilingan «Yo‘l xaritasi» muhokama qilindi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, Germaniya bozoriga keng turdagi sifatli va raqobatbardosh O‘zbekiston mahsulotlarini yetkazib berishni tashkil etish, Germaniya yetakchi kompaniyalarini jalb etgan holda qo‘shma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.

O‘zbekistonda nemis ta’lim uslublari va standartlaridan foydalangan holda kadrlar malakasini oshirish markazlarini tashkil etish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Germaniya tomoni ishbilarmon doiralar vakillari o‘zaro safarlari yuqori samaradorligi xususida to‘xtalar ekan, o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida 2023 yili Germaniya yetakchi kompaniyalari ishtirokida O‘zbekistonda biznes-forumi tashkil etishni taklif qildi.

Ko‘proq yangiliklar: