Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lidsda kurer robotlar ishga tushiriladi
Buyuk Britaniyadagi mashhur shaharlardan biri bo‘lgan Lids supermarketlarida oziq-ovqat yetkazib beruvchi robotlar xizmatidan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.

Foto: AP
Lids shahar kengashi So-op va Starship Technologiyes bilan hamkorlik qilib, Adel va Tinshill hududlaridagi 20 000 aholiga mazkur xizmatni taklif qildi.
Rasmiylarning ta’kidlashicha, sxema avtomobil bilan amalga oshiriladigan qisqa sayohatlar sonini kamaytirishga yordam beradi.
Firma ma’lumotlariga ko‘ra, robotlar “oziq-ovqat mahsulotlarini eshigingizga yetkazishning barqaror va arzon usuli” bo‘lib, robot uchun o‘rtacha yetkazib berish faqat bir piyola choy tayyorlash uchun choynakni qaynatgandek kam energiya sarflaydi.
Robotlar ham yengil vaznga ega va odam yurish tezligida harakatlanadi - 4 milya (6 km/soat)dan oshmaydi.
Olti g‘ildirakli robotlarni bayram mavsumida bug‘u kabi kiyintirishni rejalashtirgan Starship kompaniyasi birinchi bo‘lib Milton Keynsda sxemani ishga tushirdi va o‘shandan beri doimiy ravishda kengayib bormoqda.
Bosh ijrochi direktor Alastair Vestgarthning aytishicha, Lidsdagi uch oylik sinov firmaning “Angliya shimolidagi birinchi sezilarli kengayishi” bo‘lgan.
“Biz robotlar transport tirbandligi va uglerod chiqindilarini faol ravishda kamaytirish nuqtai nazaridan ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga ishonamiz, shu bilan birga mahalliy hamjamiyatlarga qulaylik yaratadi”, dedi u.
Kengash a’zosi, Lids shahar kengashining infratuzilma va iqlim bo‘yicha ijrochi a’zosi Xelen Xeydenning ta’kidlashicha, texnologiya “avtomobil bilan amalga oshiriladigan qisqa sayohatlar sonini, shu jumladan yetkazib beruvchi transport vositalari orqali amalga oshiriladigan sayohatlar sonini kamaytirishga” yordam beradi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Amur oblastida yo‘qolgan samolyot qoldiqlari topildi
Jahon | 12:40
-
AQSh Kiyevga 322 mln dollarlik harbiy yordamni sotishni ma’qulladi
Jahon | 12:21
-
Ukrainada korrupsiyaga qarshi kurash agentliklari bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha namoyishlar davom etmoqda
Jahon | 12:15
-
Tailand va Kambodja chegarasida qurolli to‘qnashuv bo‘lmoqda
Jahon | 12:05
Mavzuga oid

11:19
O‘zbekistonlik hamshiralar Britaniyaga ishga jalb etilishi mumkin

23:20 / 22.07.2025
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi

15:25 / 22.07.2025
London Rossiyaning «soyadagi floti» 135 tankeriga qarshi sanksiya kiritdi

21:58 / 21.07.2025