Ispaniya Toshkentda elchixona ochishni rejalashtiryapti

O‘zbekiston 13:31 / 02.12.2022 5068

Muloqotda O‘zbekiston va Ispaniya Tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari o‘zbek-ispan hamkorligi bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi. O‘zbekiston Ispaniyani Yevropadagi ishonchli va istiqbolli hamkor deb biladi va rasmiy Madridning yaqin kelajakda Toshkentda elchixona ochish rejalarini olqishlaydi.

Tomonlar joriy yil mart oyida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Ispaniya siyosiy maslahatlashuvlari yettinchi raundi natijalarini qayd etib, ushbu shakldagi muloqotni davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi.

Tashqi iqtisodiy aloqalar ko‘rsatkichlarini oshirish, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni faollashtirish, qo‘shma istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, mamlakat bozori imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida Ispaniya yetakchi kompaniyalari O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish yuzasidan aniq takliflar ko‘rib chiqildi.

Ko‘proq yangiliklar: