Avtoraqam berishdan tushayotgan mablag‘larning yarmi IIVda qolishi mumkin

O‘zbekiston 11:38 / 02.12.2022 11630

Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berganlik uchun tushayotgan mablag‘lardan foydalanish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi e’lon qilindi.

Hujjatda aytilishicha, hozirda avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari ishlab chiqarish uchun davlat budjeti tomonidan yetarli mablag‘ ajratilmagani sababli fuqarolarga o‘z vaqtida avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari ishlab chiqarib berishda qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda.

Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan 2021 yil to‘qqiz oyi davomida avtotransport vositalariga 475 ming juft ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari rasmiylashtirilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2022 yil o‘tgan to‘qqiz oyida 626 ming juftni tashkil qilgan yoki 31,7 foizga oshgani holati fuqarolar davlat raqami belgilariga bo‘lgan ehtiyojlari yildan yilga ko‘payib borayotganidan dalolat beradi.

Qaror loyihasi bilan:

  • jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli avtomototransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish stavkalari summasi 2022 yil oktabr oyidan yil yakuniga qadar 50 foiz ajratmalari IIV YHXXning alohida budjetdan tashqari hisobraqamiga yo‘naltirilishi;
  • Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati budjetdan tashqari alohida hisob raqamiga tushgan mablag‘lar qat’iy ravishda maqsadli tartibda Uzavtomotobelgi DUKda ishlab chiqarilgan avtomototransport vositalari va ular tirkamalari (yarim tirkamalari)ni ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini sotib olish uchun foydalanilishi belgilanmoqda.

Loyihada Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati budjetdan tashqari alohida hisob raqamidagi mablag‘lar qoldig‘i kalendar yil oxirida respublika budjetiga o‘tkazilishi tartibi ham belgilab berilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: