Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijondagi binolar Yaponiya zilzilabardosh uylari asosida quriladi
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida joriy yil 23-27 noyabr kunlari Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov boshchiligida delegatsiyaning Yaponiyaga amaliy safari amalga oshirildi, deb xabar bermoqda «Dunyo»

Foto: Dunyo
Safar davomida delegatsiya a’zolari Yaponiya Yer resurslari, infratuzilma, transport va turizm vazirligi, «Shimidzu Qurilish korporatsiyasi», «Aoikay Medikal Korporeyshn» shifoxonasi, Tokio qishloq xo‘jaligi va texnologiyalar universiteti rahbarlari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishgani barobarida Suginami shahridagi o‘rta maktab faoliyatini ham o‘rganishdi.
Yaponiya Yer resurslari, infratuzilma, transport va turizm vaziri o‘rinbosari Amano Yusuke bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida Andijon viloyati va Yaponiya o‘rtasida qurilish sohasida ikki tomonlama aloqalarni o‘rnatish, to‘rt ming gektarda barpo etilayotgan «Yangi Andijon» shahridagi binolarni Yaponiyaning ko‘p qavatli zilzilabardosh uylari asosida loyihalashtirish va qurish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot yakunlari bo‘yicha tomonlar «Yangi Andijon» shahri loyihaoldi hujjatlarini yapon tarafi bilan onlayn tarzda muhokamalarini tashkil etish va bu jarayonga yapon mutaxassislarini jalb etishga kelishib olindi.
«Shimidzu Qurilish korporatsiyasi» global strategik rivojlanish boshqarmasi direktori o‘rinbosari Takuyey Ito bilan o‘tkazilgan muzokaralarda «Yangi Andijon» shahrini bunyod etishda kompaniya tajribasini qo‘llash va korporatsiya mutaxassislarini Andijon viloyatiga yuborish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston vakillari «Shimidzu Qurilish korporatsisi» Texnologik markazi faoliyati bilan tanishdi. Safar davomida Tokio qishloq xo‘jaligi va texnologiyalar universitetida viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov Andijon davlat universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflarni bildirdi. Yapon tomonidan O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan barcha jabhalarda aloqalarni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdorlik ma’lum qilindi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi
Jamiyat | 00:31
-
OpenAI sun’iy intellekt asosidagi brauzerini ishga tushiradi
Fan-texnika | 00:11
-
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 23:41 / 09.07.2025
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17 / 09.07.2025
Mavzuga oid

00:31
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi

23:21 / 07.07.2025
Tramp 1 avgustdan Janubiy Koreya va Yaponiya tovarlariga 25 foizli bojlar joriy etilishini e’lon qildi

20:51 / 07.07.2025
Andijonda 9 yoshli ikki bola fermer xo‘jaligi hovuziga cho‘kib ketdi

20:32 / 30.06.2025