Navoiyda prokurorning xizmat mashinasi YTHga uchradi

Jamiyat 18:08 / 01.12.2022 14072

Ijtimoiy tarmoqlarda G‘ozg‘on shahar prokurori ishtirokida YTH sodir bo‘lganligi haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Navoiy viloyati prokuraturasi rasmiy bayonot berdi.

Ma’lum qilinishicha, G‘ozg‘on shahar prokuraturasi haydovchisi N.J. boshqaruvidagi Lasetti mashinasi Navbahor tumani Mirzo Ulug‘bek mahallasi hududida, yo‘lning keskin burilish joyida qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan, fuqaro M.O. boshqaruvidagi Lasetti bilan to‘qnashib ketgan. YTH oqibatida fuqaro M.O. hamda G‘ozg‘on shahar prokuraturasi haydovchisi N.J. tan-jarohati olgan. Mashina haydovchisi yonida bo‘lgan G‘ozg‘on shahar prokurori B.Isoqov tan-jarohati olmagan.

Holat yuzasidan Navoiy viloyati prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilayotgan bo‘lib, sud-tibbiy, avtotexnika va boshqa ekspertizalar tayinlangan.

Ko‘proq yangiliklar: