Germaniya O‘zbekiston mis sanoati imkoniyatiga qiziqishni boshladi

O‘zbekiston 09:36 / 01.12.2022 1995

Germaniya Tashqi savdo va investitsiyalar agentligi veb-sahifasida O‘zbekistonda respublika investitsion jozibadorligini yuksaltirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga bag‘ishlangan maqola chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

“Resurslarga boy mamlakat mis va boshqa rangli metallarni qazib olish va eritishni kengaytirib, uni xorijiy sheriklar uchun juda jozibador qilmoqda. Mamlakatda xorijiy uskunalar va nou-xau yetkazib beruvchilar uchun biznes yuritish ulkan imkoniyatlari mavjud. Rangli metallurgiya O‘zbekiston hukumati sanoat siyosati ustuvor yo‘nalishlari ro‘yxatida muhim o‘rin tutadi. Rangli metallarni qazib olish va eritish faqat Toshkent viloyatida joylashgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida jamlanganiga qaramasdan, kompaniya ko‘p milliard dollarlik investitsiya dasturi ahamiyatga molik”, deb yozadi maqola muallifi Uve Shtrobax.

Joriy yil boshida zavod loyiha portfeli 5,2 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Hukumat 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturi doirasida bu vaqtga kelib loyihalarga qariyb 1,3 milliard AQSh dollari miqdorida investitsiya yo‘naltirilgan.

Investitsiyalar asosiy qismi yangi “Yoshlik” konida mis-molibden rudalarini qazib olish va boyitishga mo‘ljallangan. Kombinat ushbu konni o‘zlashtirish ikkinchi bosqichiga hozirlik ko‘rmoqda. Qayta ishlash zavodi quvvati 50 million tonna mis-molibden rudasini tashkil etadi. Mis katodi yillik ishlab chiqarish hajmi 2028 yildan boshlab 400 ming tonnagacha ko‘paytiriladi.

Ta’kidlanishicha, mis klasterini yaratish xorijiy kompaniyalar biznes yuritishi uchun keng imkoniyatlar beradi. Loyihani amalga oshirish orqali O‘zbekiston hukumati mis sanoatida samarali qiymat zanjirini ta’minlashni ko‘zlamoqda. Rudani qayta ishlash quvvatini oshirish bilan birga, ushbu tashabbus zavodga mis mahsulotlarini ko‘proq sotish imkonini beradi. O‘rta muddatli istiqbolda yillik daromad 8 milliard AQSh dollari va undan ham ko‘proq bo‘lishi kutilmoqda. Bu ko‘rsatkich 2020 yilda 2,5 milliard AQSh dollarini tashkil etgan, deb yozadi GTAI sayti.

Ko‘proq yangiliklar: