14 yoshli bola otasining salkam 3,8 mln so‘m pulini onlayn o‘yinga sarflab yuborgan

Jamiyat 23:38 / 01.12.2022 24351

Gulistonlik 38 yashar erkak IIBga ariza bilan murojaat qilib, plastik kartasidan 3,8 mln so‘m yechib olingani xususida shikoyat qiladi.

“Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, pullarni o‘zlashtirgan shaxs fuqaro B.S.ning o‘g‘li 6 sinf o‘quvchisi, 2008 yilda tug‘ilgan A.F. ekanligi aniqlangan”, deyiladi IIV Kiberxavfsizlik markazi xabarida.

Ta’kidlanishicha, surishtiruv ishlari davomida 14 yashar bola “PUBG” onlayn o‘yiniga mukkasidan ketgani, otasining plastigini o‘zining akkauntidagi hisobiga ulab, pullarni o‘yinga tikib yuborgani ma’lum bo‘lgan.

“Hozirda to‘plangan hujjatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Hurmatli fuqarolar farzandlaringiz tarbiyasiga befarq bo‘lmang, ularning mobil telefonlari va gadjetlarini ko‘zdan kechirib boring”, deyiladi rasmiy munosabatda.

Avvalroq birovning plastigini topib olgan opa-singil undagi qariyb 60 mln so‘mni yechib olgani, bank plastik kartasiga juda oson parol qo‘yilgani qonunbuzarlarga qo‘l kelgani aytilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: