Germaniya Ukrainaga 65 million yevro va generatorlar ajratadi

Jahon 07:20 / 30.11.2022 3262

Kansler Ukrainaning fuqarolik infratuzilmasiga qarshi davom etayotgan zarbalarni qoraladi va Zelenskiyni Germaniya, jumladan, Ukraina havo mudofaasini kuchaytirishda va mamlakatni urushdan keyin rekonstruksiya qilishda qo‘llab-quvvatlashiga ishontirdi.

Bundan oldin Ukraina Slovakiyadan 30 ta BMP-1 piyoda jangovar mashinasini olgandi. Bu haqda Slovakiya mudofaa vaziri Yaroslav Nad ma’lum qildi. 

Uskunalar Germaniya bilan kelishuv asosida Ukraina tomoniga topshirildi, deya tushuntirdi Nad.

U Germaniya mudofaa vaziri Kristin Lambrextga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirdi.

Avvalroq NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Shimoliy Atlantika alyansiga a’zo davlatlar o‘rtasida Ukrainaga qo‘shimcha havo mudofaa tizimlarini yetkazib berish bo‘yicha yangi muzokaralar boshlanishiga umid qilayotgani aytilgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: