Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Akmal Burhonov korrupsionerlarni suvarakka o‘xshatdi

Foto: Kun.uz
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov Twitter'da yozgan postida korrupsiyaga berilgan odamlarni suvaraklarga o‘xshatdi.
“Korrupsionerlar suvaraklarga o‘xshaydi: ular ovqat ko‘p va kamdan kam tozalab turiladigan joylarda paydo bo‘ladi”, – deb yozdi Burhonov.
Agentlik direktori o‘z tvitiga suvarakning rasmini ilova qilgan.
Tvitga qator foydalanuvchilar javob yozgan:
“Tarakanlar yorug‘likdan qochishadi – hamma narsaga chiroq yoqish va xalqqa ochiqlashning o‘zi yetarli. Lekin...”
“Tarakanlar qonunlarni buzishini kim nazorat qilishi kerak?”
“Akmal Eshondedayevich suvaraklar kimligiga hozircha aniqlik kiritmadi”.
Akmal Burhonov yuqoridagi tvitini kecha, 29 noyabr kuni yozgan. Shu kuni Aksilkorrupsiya agentligi Toshkent shahrida “O‘zbekiston biznes hamjamiyatida halollik” II biznes-forumini o‘tkazdi.
Eslatib o‘tamiz, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 2020 yil iyun oyida tashkil etilgan edi. Agentlik korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Idora prezidentga bo‘ysunadi, Oliy Majlis palatalari oldida hisob beradi. Agentlik direktori maqomi bo‘yicha vazirga tenglashtirilgan.
Agentlikka qator vakolatlar berilishini ko‘zda tutuvchi “Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi 2020 yil sentabrda e’lon qilingan edi, lekin haligacha qabul qilingani yo‘q.
Agentlik davlat xizmatchilarining mol-mulki va daromadlarini deklaratsiyalash tizimini yo‘lga qo‘yishga erisha olmayapti. Prezident qarorida yozilgan korrupsionerlar reyestrini yuritib borish vazifasi ham bajarilmayapti. “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun ham hali ko‘rib chiqishda, qonun Senatga yuborilgan.
Shu bilan birga, agentlik hammuallifligida yozilgan va davlat xizmatchilariga tadbirkorlik qilishni uzil-kesil taqiqlagan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun shu oydan kuchga kirdi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Isroil - HAMAS muzokaralaridan chiqdi
Jahon | 00:46
-
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi
Fan-texnika | 23:45 / 24.07.2025
-
Zalujniy Rossiyaga qarshi urush 2034 yilgacha davom etishini bashorat qildi
Jahon | 22:53 / 24.07.2025
-
Toshkentda voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi
Sport | 22:49 / 24.07.2025
Mavzuga oid

23:54 / 13.03.2025
Indoneziya prezidenti korrupsionerlar uchun qamoqxona qurilishini e’lon qildi

13:20 / 13.03.2025
Bosh prokuraturada jinoyatchilikning oldini olish masalasida idoralararo yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

11:44 / 05.03.2025
Bosh vazirga 117 ta vazirlik va idoradagi «korrupsiyaga qarshi ichki nazorat» tuzilmalari rahbarlarini ishdan olish topshirildi

11:30 / 05.03.2025