ALFRAGANUS universitetida yangi bakalavr yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul boshlandi

Jamiyat 15:00 / 29.11.2022 54217

Alfraganus University oliy ta’lim muassasasi sifatida litsenziyaga ega bo‘ldi va yangi o‘quv yilidan talabalar qabul qilishni boshladi. 

Oliygoh oliy ta’lim tizimida o‘z yo‘nalishini yaratib, innovatsion ta’lim asosida zamonaviy bilimga ega yuqori malakali, professional lider kadrlar tayyorlash va ularni jamiyatga implementatsiya qilishni maqsad qilgan.

Mazkur universitetga vakolatli davlat organi hisoblangan Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan litsenziya berilgan va diplomi davlat oliy ta’lim muassasalari qatori O‘zbekistonda va boshqa mamlakatlarda 100 foiz tan olinadi.

Bugungi kunda universitetda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul davom etmoqda:

Magistratura mutaxassisliklari:

  • Kompyuter injiniringi («Kompyuter tizimlarini loyihalash», «Amaliy dasturiy vositalarni loyihalash», «Axborot va multimedia texnologiyalari», «Axborot xavfsizligi», «Kriptografiya va kriptoanaliz»)
  • Dasturiy injiniring
  • Sun’iy intellekt
  • Lingvistika (tillar bo‘yicha)
  • Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)
  • Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha)
  • Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
  • O‘zbek tili va adabiyoti
  • Falsafa (sohalar bo‘yicha)
  • Pedagogika va psixologiya

Bakalavriat yo‘nalishlari:

Tibbiyot sohasiga oid yo‘nalishlar:

  • Davolash ishi
  • Pediatriya ishi

Shuningdek:

  • Defektologiya (faoliyat turlari bo‘yicha)
  • Kiberxavfsizlik injiniringi
  • Kompyuter injiniringi («Kompyuter injiniringi», «IT-servis», «Axborot xavfsizligi», «Multimedia texnologiyalari»)
  • Tarix
  • Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)
  • Arxitektura (turlari bo‘yicha)
  • Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalari bo‘yicha)
  • Logistika (yo‘nalishlari bo‘yicha)
  • O‘zbek tili va adabiyoti
  • Sport faoliyati (dzyudo va kurash)

Universitet o‘zining zamonaviy o‘quv kampuslari, malakali professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalari bilan faxrlana oladi.

Universitetning yangidan qurilgan binosidagi o‘quv auditoriyalari, laboratoriya xonalarida yoshlarga professor-o‘qituvchilar ta’lim bermoqda. 

Universitet kutubxonasi, turli elektron resurslarga boy bazaga ulangan kompyuter xonalari, tibbiyot xonasi, talabalar mustaqil o‘qib shug‘ullanishlari, sport bilan shug‘ullanishlari, dam olishlari va o‘zaro fikr almashib ta’lim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Universitet kutubxonasi

Universitetga kirib, birinchi kursni a’lo baholarga tugatgan talabalarga bir yillik kontrakt pullari to‘lab beriladi. 

Yana bir e’tiborli jihati — universitet bir qator nufuzli xorijiy oliygohlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, shu yerning o‘zida chet tillarni o‘rganib, ta’limni chetda davom ettirish imkoniyati mavjud.

Universitetda ta’lim jarayonlari eng qulay sharoitlarda, zamonaviy metodlar asosida kunduzgi va sirtqi shakllarda olib boriladi.

Alfraganus universiteti — zamonaviy ta’lim va sharqona tarbiya uyg‘unligi.

Hayot bu imkoniyat degani, faqat o‘ziga ishonganlargina unda foydalana oladi. Maqsadni yuqoriroq oling, Alfraganus universitetiga o‘qishga topshiring.

Qabul jarayonlari 2022 yilning 29 noyabridan boshlanadi.

Shoshiling. Universitet o‘z talabalarini kutmoqda!

Bizning shiorimiz: «Zamonaviy ta’lim va sharqona tarbiya uyg‘unligi».

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

+998770304441

+998770304442

+998770304443 

Universitet veb sayti: alfraganusuniversity.uz

Telegram-kanal: alfraganusuniversity

Manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, «Tiklanish» MFY, Yuqori Qoraqamish ko‘chasi, 2a-uy.

Mo‘ljal: Eski «Zenit» zavodi yonida.

Reklama xuquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: