JCh-2022. Ispaniya va Germaniya o‘rtasidagi markaziy bahsda kuchlar teng keldi

Sport 02:25 / 28.11.2022 16340

Qatarda o‘tayotgan jahon chempionatida E guruhida 2-tur o‘yinlari yakunlandi. 

Markaziy bahsda Ispaniya Germaniya bilan to‘qnash keldi. Teng kurashlar ostida kechgan bellashuvda g‘olib aniqlanmadi. Zaxiradan tushganlar to‘p kiritishdi — Morataning goliga Fyullkrug javob berdi.

Guruhning birinchi o‘yinida Kosta-Rika Yaponiyani minimal hisobda yenggandi.

1 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan so‘nggi turda Ispaniya (4) Yaponiyaga (3) qarshi o‘ynasa, Germaniya (1) Kosta-Rika (3) bilan ro‘baro‘ keladi.

JCh-2022. 2-tur. Ye guruhi
Ispaniya — Germaniya 1:1

27 noyabr, «Al Bayt»
Gollar: Morata (62) — Fullkrug (83).
Ispaniya – Simon, Karvaxal, Laport, Rodri, Alba (Balde, 82), Buskets, Pedri, Gavi (Uilyams, 66), Olmo, Asensio (Koke, 66), Ferran Torres (Morata, 54). 
Germaniya – Noyyer, Kerer (Klostermann, 70), Ryudiger, Zyule, Raum (Shlotterbek, 87), Gundo‘g‘an (Sane, 70), Goretska, Kimmix, Myuller (Fyullkrug, 70), Gnabri (Hofmann, 85), Musiala.
Ogohlantirishlar: Kerer (37), Buskets (44), Goretska (58), Kimmix (60).

Ko‘proq yangiliklar: