Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qosim-Jo‘mart To‘qayev kelasi oy boshida O‘zbekistonga keladi
24 noyabr kuni xorijiy davlatlarning mamlakatga yangi tayinlangan elchilari tomonidan ishonch yorliqlarini topshirish tantanali marosimi bo‘ldi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya elchisi Kim Xi Sang, Qirg‘iziston elchisi Musa Jamanbayev, Jazoir elchisi Bumediyen Gennad, Qozog‘iston elchisi Beybut Atamkulov, Amerika Qo‘shma Shtatlari elchisi Jonatan Xenikdan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, dekabr oyi boshida Qozog‘iston prezidentining O‘zbekistonga tashrifi kutilyapti.
“Qozog‘iston asrlar davomida qalin do‘st va yon qo‘shnimiz, strategik hamkor va yaqin ittifoqchimizdir. So‘nggi yillarda ikki tomonlama aloqalarning sur’ati yuqori bo‘lib kelmoqda. Parlamentlararo munosabatlar, hududlar o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanmoqda”, deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, ustuvor sohalarda 3 milliard 500 million dollarlik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. O‘zaro savdo hajmi ham muttasil o‘sib boryapti. Bu ko‘rsatkich yil boshidan buyon 20 foizga ortib, 4 milliard dollarga yaqinlashgani mamlakatlar salohiyati katta ekanini ko‘rsatadi.
“Yaqinda Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston madaniyati kunlari ham ikki qardosh elni yanada yaqinlashtirishga xizmat qildi. Dekabr oyi boshida Qozog‘iston prezidentining O‘zbekistonga kutilayotgan tashrifi davlatlararo munosabatlarda yangi davrni boshlab berishiga ishonch bildirildi”, deyiladi rasmiy ma’lumot matnida.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Dunyodagi eng qimmatbahosi. Hermès aktrisa Jyeyn Birkin uchun tayyorlagan sumka 10 mln dollarga sotildi
Jahon | 12:14
-
Qozog‘istonda o‘ta xavfli kasallik, 10 yillik vizadan mahrum qirg‘izlar va ruslarga berilmaydigan pasport
Jahon | 12:14
-
🔴 LIVE: Tramp Ukrainadagi urushda burilish qilmoqchimi? | “Geosiyosat” haftaligi
Jahon | 11:30
Mavzuga oid

20:30 / 10.07.2025
Olmaotada o‘zbekistonliklar halok bo‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha sud hukmi chiqarildi

16:48 / 10.07.2025
To‘qayev Trampning 25 foizlik bojlar haqidagi maktubiga javob yo‘lladi

14:32 / 09.07.2025
Rossiya Qozog‘istonga ketgan fuqarolardan 2 yillik soliqni talab qilmoqda

17:57 / 08.07.2025