Argentina ustidan g‘alaba munosabati bilan Saudiya Arabistonida dam olish kuni e’lon qilindi

Sport 21:41 / 22.11.2022 17343

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdul Aziz Ol-Saud futbol bo‘yicha milliy jamoaning muhim g‘alabasi munosabati bilan mamlakatda ertaga, 23 noyabr, chorshanbani dam olish kuni deb e’lon qildi. 

Unga ko‘ra, barcha davlat va xususiy tashkilot xodimlari, talaba va maktab o‘quvchilari dam olishadi.

Eslatib o‘tamiz, Argentina ustidan qozonilgan g‘alaba Saudiya Arabistoni milliy jamoasining jahon chempionatlari tarixidagi 4-g‘alabasiga aylandi. Bu orqali JCh-2022 g‘olibligiga da’vogar sifatida e’tirof etilgan Argentinaning 36 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasiga chek qo‘yildi.

Ko‘proq yangiliklar: