Jahon chempionlari ko‘chada qoldi. O‘zbekiston ulardan qanday yuz o‘girdi?

Sport 19:18 / 22.11.2022 27119

Bir necha kun oldin Qatarda futbol bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati boshlandi. Unda, biz o‘rganib qolgandek, O‘zbekiston milliy jamoasi yo‘q. Hozircha dunyodagi birinchi raqamli sport turining birinchi raqamli chempionatida O‘zbekiston biror marta ishtirok eta olmadi – shu paytgacha 8 ta saralashning hech qaysisidan o‘ta olmadik.

Lekin bilasizmi, bizning futbol bo‘yicha shunaqa terma jamoamiz borki, ularga hech qanaqa sharoit qilib berilmagan bo‘lsa ham, 5 karra jahon chempioni bo‘lishgan. 5 karra! Bu – futbol bo‘yicha O‘zbekiston amputantlar milliy jamoasi.

Eng qizig‘i, ular umuman oylik olishmaydi. Kundalik mashg‘ulotlarga ham o‘z yonlaridan xarajat qilishadi: Toshkentdagi mashg‘ulotlarga kimdir To‘ytepadan, kimdir Parkentdan, kimdir Jizzaxdan qatnaydi. Va har birlarining o‘z tirikchiligi bor: birlari kirakash, birlari dehqon... Biz jahon chempionlari haqida gapiryapmiz, tasavvur qilyapsizmi?

Ular bu yilgi jahon chempionatidan faxrli 3-o‘rinni olib qaytishdi. Qaytib kelishgach, 10 million so‘mdan berib, uylariga jo‘natib yuborishdi. Tasavvur qiling: siz jahon chempionatida bronza medal bilan qaytyapsiz va... ko‘chaga kirakashlik qilishga chiqib ketyapsiz.

SUBeKTIV loyihasi yangi ko‘rsatuvida yillar davomida diskriminatsiyaga uchrab kelayotgan chempion-qahramonlar bilan tanishtiradi.

Ko‘proq yangiliklar: