Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nega Fransiya “Beshinchi respublika” deb ataladi?
Nafaqat Yevropa, balki dunyoning eng qudratli va rivojlangan davlatlaridan biri bo‘lgan Fransiya yana yurtdoshlarimiz diqqat markazida. Chunki bu mamlakat rahbari Emmanuel Makron taklifiga binoan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiyaga tashrif buyurishi kutilyapti. Kun.uz tashrif oldidan va jarayonida bu davlatga oid turkum maqolalarni e’lon qilishni rejalashtirgan.
Rasmiy nomi Fransuz Respublikasi bo‘lgan bu davlat juda ko‘pchilik tomonidan Fransiya (France) deb ataladi. Aholisi dengiz ortida yashovchi hududlar fuqarolari bilan qo‘shib hisoblaganda 68 mln dan ortiq va bu ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoda 22-o‘rinni egallaydi. Umumiy hududi esa 643 801 km² (jahonda 48-o‘rinda).
Dunyoda hududi ham ancha katta, aholisi ulkan davlatlar ko‘p. Lekin Fransiya asrlarki har jihatdan dunyoning yetakchi mamlakatlaridan biri maqomini saqlab turibdi. “Ozodlik, tenglik, birodarlik” degan shior bilan xalq tomonidan va xalq uchun boshqaruv tamoyili asosida rivojlanib kelmoqda.
Fransiya Yevropa markazidagi turli an’analar, millatlar va tamaddunlar to‘qnashib uyg‘unlashib ketgan shunday maskanki, bu davlat hamisha dunyo diqqat markazida bo‘lish bilan birga millionlab insonlarni o‘ziga ohanrabodek tortib keladi. Iqtisodi, boy tarixi va madaniyati, harbiy qudrati, BMT xavfsizlik kengashining doimiy a’zoligi, ochiq yadroviy davlatligi Fransiyaning xalqaro maydondagi nufuzining muntazam yuqoriligini ta’minlab keladi.
3 trln dollardan ortiq yalpi ichki mahsuloti bilan Fransiya Yevropa ittifoqida faqat Germaniyadan orqada, dunyoda esa kuchli o‘nlikda doimiy bo‘lgani holda ayrim yillarda kuchli yettilikka ham kira olgan.
Sarlavhadagi savolga kelsak, Fransiyaning “Beshinchi respublika” nomini olishi uning davlat tuzumidagi turlicha bosqichlar bilan bog‘liq. Tarixan monarxiya shaklida boshqarilib kelingan bu davlatda 1792 yilning 21 sentabrida muhim burilishi yuz beradi. Qirol Lyudovik XVI hokimiyatdan chetlatilib, Fransuz Respublikasi tuziladi. Davlatning bu shakli 1804 yilda, 1799 yilda katta siyosatga chiqib kelgan Napoleon Bonapartning o‘zini imperator deb e’lon qilguniga qadar davom etadi. Napoleonning hokimiyatdan ketishi yana monarxiyani qisman tiklaydi. Lekin bu ham vaqtincha edi. 1848-1852 yillar oralig‘ida Ikkinchi Fransuz Respublikasi davri keladi. Uchinchisi 1870-1940 yillar oralig‘ida kechadi.
Yaqin tarixda kechgani va bugungi tuzumga jiddiy ta’sir qilgani bilan To‘rtinchi Respublika ahamiyatli. 1946-1958 yillar oralig‘idagi bu davr davlat boshqaruvida parlamentar uslubga to‘liq o‘tilgani va buning ortidan qator muammolar kelib chiqqani bilan ahamiyatli. Aynan mana shu davrda Fransiyaning doimiy hududidek qarab kelingan Jazoirda mustaqillik harakatlari keskin kuchayib ketadi.
1958 yilda yangi konstitutsiya qabul qilinadi va rasman Beshinchi Respublika davri boshlanadi hamda bu davr hanuz davom etib kelmoqda. Yangi konstitutsiyaga ko‘ra davlat boshqaruvidagi asosiy vakolatlar parlamentdan olinib, prezidentga beriladi va davlat rahbari 7 yil muddatga saylanishi mumkin bo‘ladi. 2000 yildan bu muddat 5 yilga tushirildi. 1958 yilda umummilliy saylovlarga ko‘ra Sharl de Goll prezidentlikka saylandi. Uning prezidentlik davri Jazoirning baribir mustaqil bo‘lishi, Fransiyaning ikkinchi jahon urushidan keyin jadal tiklanishi, NATOdan chiqib ketishi va o‘z atom loyihasini amalga oshirishi kabi voqealar bilan yodda qoldi.
Shu tarzda Yevropaning qudratli bu davlati to‘la-to‘kis prezidentlik boshqaruvi asosida Beshinchi Respublika davrini boshdan kechirmoqda. Ayni paytda mamlakatni Emmanuel Makron boshqarmoqda va u Sharl de Golldan keyingi yettinchi prezidentdir.
Prezident Shavkat Mirziyoyevdan bir oz keyin, 2017 yilning 14 mayida davlat boshqaruviga kelgan Emmanuel Makron O‘zbekiston bilan mustahkam aloqalarga alohida e’tibor berib kelyapti. Ikki davlat rahbari 2018 yilda ham uchrashishgan va joriy yilning 21-22 noyabridagi rasmiy tashrif ikkinchisidir.
Abror Zohidov, Parij.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Senatning yangi tizimga e’tirozi, 103 xizmatida yangilik, hokimlarga yangi o‘rinbosar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
Rossiya va Ukrainaning Istanbuldagi uchinchi muzokaralari yakunlandi
Jahon | 00:02
-
AQSh Olimpiya qo‘mitasi transgenderlarga ayollar musobaqalarida ishtirok etishini taqiqladi
Sport | 23:22 / 23.07.2025
-
Surxon davlat qo‘riqxonasida yirik yong‘in boshlandi
Jamiyat | 23:11 / 23.07.2025
Mavzuga oid

07:35 / 18.07.2025
Yevropaning uch davlati Ukraina uchun AQSh qurollariga pul to‘lamaydi

17:31 / 15.07.2025
Renault Fransiya prezidenti uchun zirhli Rafale ishlab chiqardi

15:07 / 15.07.2025
Farg‘onadagi issiqlik tarmoqlari Fransiya ko‘magida yangilanadi

14:47 / 14.07.2025