Jamiyat | 15:07 / 15.07.2025
1008
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onadagi issiqlik tarmoqlari Fransiya ko‘magida yangilanadi

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, loyiha qiymati 39,9 mln dollarni tashkil etadi.

Foto: Issiqlikta’minoti

«Issiqlikta’minoti» kompaniyasi va Fransiya taraqqiyot agentligi o‘rtasida Farg‘ona shahridagi Qirguli massivining issiqlik tizimini modernizatsiya qilish loyihasi bo‘yicha memorandum imzolandi

Loyiha 2027−2029 yillarda 76 kilometrlik issiqlik tarmoqlarini yangilash va 380 ta individual issiqlik punktlarini o‘rnatishni o‘z ichiga oladi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, loyiha qiymati 39,9 mln dollarni tashkil etadi. U amalga oshirilgach, 317 ta ko‘p qavatli uy (16 617 ta xonadon) va 41 ta ijtimoiy obekt markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti bilan ta’minlanadi.

Mavzuga oid