Foto: Qatar mundial yulduzlarini kutmoqda

Sport 15:03 / 18.11.2022 22335

Shahar ko‘chalarida jahon chempionatini eslatib turuvchi suratlar juda ko‘p. Dohadagi baland binolarda mashhur futbolchilarning suratlarini ko‘rish mumkin. Stadionlar atrofida asta-sekin muxlislar ko‘paya boshlagan. Bugun, 18 noyabrdan boshlab ko‘chalarda muxlislar oldingi kunlardagiga qaraganda ko‘proq.

Hozircha Qatar ko‘chalarida eng ko‘p Argentina va Braziliya milliy jamoasi liboslaridagi muxlislarni uchratish mumkin. Ularning hammasi ham janubiy amerikalik emas, asosan hindistonlik va boshqa mamlakatdan kelganlar shu ikki jamoa libosida yurishibdi.

Muxlislarni asosan shahar markazidagi FIFA muxlislar festivali o‘tadigan hududda, stadionlar oldida va chipta sotiladigan yerlarda uchratish mumkin.

O‘tkir Jalolxonov

Ko‘proq yangiliklar: