Skolari murabbiylik faoliyatini yakunladi

Sport 08:25 / 15.11.2022 8243

«Bosh murabbiy sifatidagi faoliyatimni yakunlayman. Yordamchim Paulo Turruni jamoamizning navbatdagi murabbiyi etib tayinlayman, o‘zim esa texnik direktor bo‘laman», — dedi Skolari Furacao Live'ga bergan intervyusida. 

Skolari ikki marta Braziliya milliy jamoasini boshqargan. 2002 yilda u jamoani 5-bor jahon chempioniga aylantirgan, 2013 yilda Konfederatsiyalar Kubogi qo‘lga kiritilgan. 

Klublar miqyosida 74 yoshli mutaxassis ikki bor Libertadores Kubogini yutgan — 1995 yilda «Gremio» va 1999 yili «Palmeyras» bilan. Shuningdek, ushbu klublar bilan ikki marta — 1996 va 2018 yillarda Braziliya chempionatida g‘olib chiqqan. 

Shuningdek, u Portugaliya milliy jamoasi (2003-2008 yillar) va «Chelsi»da ham ishlagan. Portugallarni Yevro-2004da finalga, JCh-2006da yarimfinalga olib chiqqan. 

Skolarining murabbiylik faoliyatidagi so‘nggi klubi o‘tgan mavsumda Braziliya chempionatida 6-o‘rinni egallagan «Atletiko Paranaense» bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: