Vengriya banki «Ipoteka bank»ni sotib olish bo‘yicha jarayonni tikladi

Iqtisodiyot 12:23 / 14.11.2022 38970

Vengriyaning eng yirik banklaridan biri — OTP Bank oktyabr oyida O‘zbekistondagi «Ipoteka bank»ni sotib olish bo‘yicha jarayonni qayta boshladi. Bu haqda Vengriya bankining moliyaviy direktori Laslo Benchik ma’lum qildi. 

«Fikrimizcha, kelishuv amalga oshishi uchun yaxshi imkoniyat bor va biz haqiqatan ham (loyihani amalga oshirishdan) manfaatdormiz. Xususan, bu «Ipoteka bank»da juda jozibali investitsiya imkoniyatini ta’minlaydi», deydi u. 

Bank moliyaviy direktori urush boshlanganidan beri «Ipoteka bank» jozibadorligi oshganini qo‘shimcha qilgan. Yil boshidan beri «Ipoteka bank» 750 mlrd so‘mga yaqin sof foyda olgan. 

2021 yilda Vengriyaning OTP Bank banki «Ipoteka bank»ning 75 foiz ulushini sotib olishi ma’lum bo‘lgandi. Bu haqda O‘zbekiston birinchi iqtisodiy forumida bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov aytib o‘tgandi.

Shundan so‘ng 2022 yilning aprel oyida Vengriya banki Ukraina-Rossiya urushi sababli OTP Bank «Ipoteka bank»ning xususiylashtirish bo‘yicha to‘lovlarini bir necha oyga ortga surish uchun murojaat qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Rossiyaning Ukrainaga bosqini sabab OTP Bank 30 foiz zarar ko‘rgan.

Shu sabab ipoteka to‘lovlarini biroz muddatga kechiktirishni so‘ragan, ammo to‘lov shartlari o‘zgarishi haqida ma’lumot berilmagandi.

Ko‘proq yangiliklar: