Boks. O‘zbekiston 5ta oltin medal bilan Osiyo chempionatida 1-o‘rinni egalladi

Sport 21:40 / 12.11.2022 36748

Ikki hafta davomida Iordaniyaning Ammon shahrida o‘tgan Osiyo chempionati bahslarining asosiy final janglari bugun, 12 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi.

Hal qiluvchi bahslarda O‘zbekiston erkaklar milliy jamoasi qit’a birinchiligi yakunlariga ko‘ra 5ta oltin, 2ta kumush va 3ta bronza medallariga ega chiqib, turnirni 1-o‘rinda yakunladi.

Jumladan, Hasanboy Do‘smatov (-51 kg), Abdumalik Halakov (-57 kg), Ruslan Abdullayev (-63,5 kg), Saidjamshid Jafarov (-75 kg) va og‘ir vaznli Lazizbek Mullojonov (+92 kg) turnirni qit’a chempionligi bilan yakunlashdi. 

-80 kg vazn toifasidagi Odiljon Aslonov va -92 kg vazn toifasidagi Madiyar Saidrahimov turnirning hal qiluvchi bahsida mag‘lubiyatga uchrab, Osiyo chempionatida kumush medaliga ega chiqishdi.

O‘zbekistonlik charmqo‘lqop ustalari orasida quyidagilar turnirni sovrinli o‘rinlarda yakunlashdi:

Oltin medal:
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov
-57 kg: Abdumalik Xalakov
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev
-75 kg: Saidjamshid Jafarov
+92 kg: Lazizbek Mullojonov

Kumush: 
-80 kg: Odiljon Aslonov
-92 kg: Madiyar Saidrahimov

Bronza: 
-54 kg: Shahzod Muzaffarov
-60 kg: Adhamjon Muxiddinov
-67 kg: Asadxo‘ja Muydinxo‘jayev.

Eslatib o‘tamiz, 11 noyabr kuni ayollar o‘rtasidagi bahslar yakunlanib, unda o‘zbekistonlik Navbahor Hamidova oltin medal bilan Osiyo chempioniga aylangan bo‘lsa, Sohiba Ro‘zmetova kumush va Farzona Fozilova bronza medaliga ega chiqqandi.

Shu tariqa, boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi erkaklar o‘rtasida 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, umumjamoa hisobida 6ta oltin, 3ta kumush, 4ta bronza, jami – 13ta medallar jamg‘armasi bilan Qozog‘istondan keyingi 2-o‘rinni egalladi. Qo‘shnilarimizning erkak va ayollar jamoasi jami 21 – 6ta oltin, 7ta kumush va 8ta bronza medaliga ega chiqib, medallar soniga ko‘ra peshqadamga aylandi.

Boks bo‘yicha Osiyo chempionati-2022: Umumiy medallar jamg‘armasi:

Ko‘proq yangiliklar: