1 million dollar investitsiya evaziga soddalashtirilgan tartibda O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilish taklif qilindi
Jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan hujjatda katta hajmda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritgan xorijiy sarmoyadorlar hamda taniqli olim, sportchi va madaniyat arboblariga O‘zbekiston fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda berish taklif qilinmoqda.

Foto: KUN.UZ
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi «O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonunga qo‘shimcha kiritish bo‘yicha hujjat loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qildi. Unga ko‘ra, katta hajmda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritgan xorijiy sarmoyadorlarga O‘zbekiston fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda berish nazarda tutilmoqda.
Xususan, fuqarolikka doir qonunning 20-moddasini quyidagi tahrirdagi uchinchi qism bilan to‘ldirish taklif qilinmoqda:
«O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishning soddalashtirilgan tartibi chet davlat fuqarosi bo‘lgan yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalariga kamida 1 million AQSh dollari ekvivalentida sarmoya kiritgan jismoniy shaxsga yoxud taniqli olim, sportchi, madaniyat va san’at arbobiga nisbatan tatbiq etiladi».
Qonunda taklif etilayotgan yangi norma davlatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga, respublika investitsiya muhitida bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlarga xalqaro ishbilarmonlar hamjamiyatining e’tiborini jalb qilishga va xalqaro maydonda mamlakat nufuzini oshirishga xizmat qiladi, deyiladi vazirlikning tushuntirish xatida.
Muhokama joriy yil 23 noyabrga qadar davom etadi, har bir fuqaro unda qatnashib o‘z takliflarini berishini mumkin.
Mavzuga oid

12:02
Bosh vazir matbuot kotibi O‘zbekistonda «xitoyliklar ko‘payib ketayotgani» haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

19:13 / 07.03.2025
Toshkent va Samarqandda noyob minerallar texnoparki tashkil etilishi mumkin

16:39 / 06.03.2025
Maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat ko‘rsatish muddatiga oid cheklovlar bekor qilinadi

19:03 / 04.03.2025