Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonga xorijiy davlatlardan qiymati 281,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 189,2 ming tonna qog‘oz va karton import qilingan.
Qog‘oz va karton importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 22,6 ming tonnaga oshgan.
2022 yilning 9 oyida O‘zbekiston eng ko‘p qog‘oz va karton import qilgan davlatlar:
Rossiya – 106,7 ming tonna
Xitoy – 38,7 ming tonna
Belarus – 9,8 ming tonna
Finlyandiya – 9,2 ming tonna
Germaniya – 5,2 ming tonna
Ukraina – 3,2 ming tonna
Shvetsiya – 3 ming tonna
Turkiya – 2,4 ming tonna
Polsha – 1,3 ming tonna