Jizzaxda yo‘l bo‘yidagi 30 ga yaqin daraxt kesib ketildi

Foto: Jizzax viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi
Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidan o‘tuvchi M-39 avtomagistral yo‘l bo‘yidagi 30 ga yaqin daraxtlar kesib ketildi.
Jizzax viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining xabar qilishicha, 25 oktyabrdan 26 oktyabrga o‘tar kechasi O‘rmon xo‘jaligiga qarashli bo‘lgan ushbu hududdan noma’lum shaxslar tomonidan 26 tup qayrag‘och va o‘rik daraxti kesib ketilgan.
Holat yuzasidan dastlabki hujjatlar rasmiylashtirilib, G‘allaorol tumani Ichki ishlar bo‘limiga taqdim etilgan.

Hozirda daraxtni kesganlarning shaxsini aniqlash va holatga qonuniy baho berish yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

17:43 / 27.02.2025
Jizzax viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

21:30 / 20.02.2025
Qurilish maydonida changni bartaraf etmagan mansabdor shaxs jazolanadi

11:55 / 18.02.2025
Havoni ifloslantiruvchi omillar: mutaxassis fikri

19:16 / 11.02.2025