Yil boshidan buyon O‘zbekistonda deyarli 70 ming rossiyalik hisob raqami ochgan 

Iqtisodiyot 20:41 / 31.10.2022 32971

Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmurodov brifing chog‘ida ma’lum qildi.  

Uning so‘zlariga ko‘ra, rossiyaliklarning yarmiga yaqini O‘zbekiston hududida qolib, mehnat qilmoqda. 

Nurmurodov O‘zbekistonda rossiyaliklar tomonidan rublni dollarga konvertatsiya qilish amaliyotiga izoh berar ekan, bunday holatlar mamlakat Markaziy banki «nazoratida» ekanini aytdi. 

Avvalroq Markaziy bank rahbari sentabr oyida xorijliklar uchun cheklovlar kiritilganiga qaramay, O‘zbekistonda norezidentlarning bank kartalariga bo‘lgan talabi yuqoriligicha qolayotgani haqida xabar bergan edi. Yangi qoidalarga ko‘ra, banklarda hisob raqami va karta ochish uchun xorijliklar mamlakatda 15 kundan ortiq qolishi, shtatda ishlashi yoki talaba bo‘lishi kerak. 

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvardan sentabrgacha 318 156 nafar rossiyalik mamlakatga kirgan. Ulardan 210 902 nafari erkaklardir. 

Ko‘proq yangiliklar: