Qurilish ishlari hajmida ulushi yuqori hududlar ma’lum qilindi
Qurilish ishlari hajmida qaysi hududning ulushi yuqori ekani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: Kun.uz
2022 yilning yanvar-sentabr oylarida respublika bo‘yicha 94,1 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bajarilgan qurilish ishlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 6,3 foizga oshgan.
Jami qurilish ishlari hajmida hududlarning ulushi bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilyapti – 24,7 foiz.
Undan keyingi o‘rinlarni qurilish ishlari hajmi mos ravishda 9 foiz hamda 6,7 foizni tashkil etgan Toshkent viloyati va Samarqand viloyati egalladi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Farg‘ona viloyati – 6,6 foiz;
- Buxoro viloyati – 6,5 foiz;
- Qashqadaryo viloyati – 5,8 foiz;
- Andijon viloyati – 5,2 foiz;
- Surxondaryo viloyati – 5,1 foiz;
- Namangan viloyati – 5,0 foiz;
- Navoiy viloyati – 4,6 foiz;
- Qoraqalpog‘iston R. – 4,1 foiz;
- Xorazm viloyati – 3,8 foiz;
- Jizzax viloyati – 2,7 foiz;
- Sirdaryo viloyati – 2,2 foiz.
Mavzuga oid

17:36 / 19.02.2025
«Trest-12»dagi davlat ulushini Doniyor Komilovga tegishli kompaniya sotib oldi

19:57 / 17.02.2025
Toshkentning Glinka ko‘chasida ko‘p qavatli biznes markazi qurilishi mumkin

10:38 / 14.02.2025
Jeddah Tower qurilishi qayta boshlandi – Saudiya Burj Xalifani ortda qoldira oladimi?

19:58 / 12.02.2025