«O‘zagroeksportbank»ning sotib olinishiga Fattoh Shodiyevning daxli yo‘qligi ma’lum qilindi

Jamiyat 14:37 / 31.10.2022 12835

20 oktyabr kuni «O‘zagroeksportbank»dagi 100 foiz davlat ulushi ochiq tendersiz xususiy kompaniyaga o‘tkazilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Unda bank Shodiyevlar oilasiga aloqador odam qo‘liga o‘tayotgani haqida aytilgandi.

Xalqaro Shodiyev jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan ma’lum qilishlaricha, maqolada Fattoh Shodiyev maqomi noto‘g‘ri tilga olingan. 

«Fattoh Qayumovich Shodiyevning SFI Management Group va OKMK, Qobul Shodiyevga aloqador kompaniyalar, NKMK, IFG va Olimjon Shodiyevga tegishli Support Level kompaniyalari faoliyatiga bevosita yoki bilvosita aloqasi yo‘q. Fattoh Shodiyev aksiyalarning egasi emas va ushbu aktivlarni boshqarishda ishtirok etmaydi», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Fattoh Shodiyev va unga qarashli tashkilotlarning «O‘zagroeksportbank»ni sotib olishga aloqasi yo‘q.

«Fattoh Shodiyev O‘zbekiston hududida, rasmiy ravishda Xalqaro Shodiyev jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi orqali xayriya faoliyatini olib boradi», — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: