Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gormonlarni o‘zboshimchalik bilan qo‘llash ayollarda qanday xavfli asoratlarni keltirib chiqaradi? Mutaxassis javob berdi
Tibbiyotda ayrim bemorlarni davolash uchun sun’iy gormon dori vositalaridan foydalaniladi. Biroq har qanday farmatsevtik mahsulot kabi mazkur preparatlarning ham inson organizmiga salbiy ta’siri kam emas. Ayniqsa, gormonal vositalarni noto‘g‘ri qo‘llash va o‘zboshimchalik bilan qabul qilish organizmda tuzatib bo‘lmas salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Xususan, xotin-qizlar, homilador ayollar ushbu dorilardan mutaxassis nazoratisiz foydalanishi juda xavfli.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Respublika perinatal markazi direktori Nilufar O‘rinboyeva bu borada o‘z mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
«Gormonal dori vositalari ayollarda ko‘pgina ginekologik kasalliklar va hayz sikli buzilishining oldini olishda shifokor tomonidan buyuriladi. Faqat ularni qabul qilish mutaxassisning qat’iy nazorati va kuzatuvi ostida bo‘lishi zarur.
Chunki noto‘g‘ri va palapartish gormon terapiyasidan foydalanish ayollar sog‘ligida jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Jumladan, bunday preparatlarni noo‘rin qo‘llash xotin-qizlarning tana vazni oshishiga ta’sir qiladi. Qolaversa, yurak-qon tomir xastaliklari rivojlanishi xavfini oshiradi», — deydi mutaxassis.
- Shuningdek:
- oshqozon-ichak trakti kasalliklari;
- allergik reaksiyalar;
- xavfli va xavfsiz o‘smalar rivojlanishi;
- asab va ruhiy buzilishlar;
- tanada suyuqlik to‘planishi;
- tuxumdonlarda kistalar shakllanishi;
- temir tanqisligi;
- tromboz kabi kasalliklar ham aynan gormonlarni noo‘rin qo‘llash oqibatida yuzaga kelishi mumkin.
Bundan tashqari, tanada lipidlar almashinuvi buzilishi, jigar kasalligi, bachadon hamda vaginal qon ketish, malign neoplazm holatlarida ayollar uchun gormonal terapiya o‘tkazish aslo mumkin emasligi, bronxial astma, epilepsiya, migren bilan og‘rigan ayollarga esa bu muolaja ehtiyotkorlik bilan buyurilishi lozimligi qayd etilgan.
«Eng asosiysi, gormonal dorilardan bemor opa-singillarimiz mustaqil yoki yaqinlarining maslahati bilan foydalanmasligi zarur. Aks holda, yuqorida ta’kidlaganimizdek, bu holat tuzatib bo‘lmas oqibatlarga olib keladi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabarida.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada Speedtest internet tezligini tekshirish servisi bloklandi
Jahon | 08:57
-
O‘zbekiston yangi multimodal transport koridorida ishtirok etadi
O‘zbekiston | 08:38
-
Rossiya rasmiylari SSSRdagi kabi oziq-ovqat narxini qat’iy belgilab qo‘ymoqchi
Jahon | 08:21
-
O‘zbekiston universitetlari saudiyalik yoshlar uchun grantlar ajratishi mumkin
O‘zbekiston | 08:20
Mavzuga oid

07:23 / 18.06.2022
Reproduktiv salomatlik markazi, Skrining markazi va Ginekologiya markazi birlashtiriladi

13:21 / 23.12.2019