Ma’lum qilinishicha, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yashovchi talaba F.B. ichki ishlar organlariga ariza bilan murojaat qilib, o‘ziga nisbatan tovlamachilik qilayotgan qizga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
U o‘z arizasida Telegram’da o‘zini "Tojiboyeva Rayhon" deb tanishtirgan shaxsga boshqalar ko‘rishi mumkin bo‘lmagan shaxsiy fotosuratlarini ishonib, messenjer orqali yuborganini, shundan so‘ng qiz fotosuratlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatmaslik uchun 900 ming so‘m pul so‘rayotganini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida o‘zini "Tojiboyeva Rayhon" deb tanishtirgan shaxs Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan J.Sh. ekani aniqlangan.
Qayd etilishicha, J.Sh.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Jizzax viloyati Paxtakor tumanida yashovchi 16 yoshli maktab o‘quvchisi Telegram’da soxta avtokredit guruhi ochib, fuqaroning pulini o‘zlashtirgani aniqlangandi.