Profilaktik tadbirlar natija bermayapti: jinoyat sodir etish ko‘rsatkichi oshgan

Jamiyat 20:46 / 27.10.2022 14514

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasida Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash, Xalq ta’limi vazirligi hamkorligida xotin-qizlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklar va ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonliklarning 9 oylik tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, xotin-qizlar tomonidan 6871 ta jinoyat sodir etilgan. Hamkorlikda ko‘rilgan choralar natijasida 3 875 ta mahallada umuman jinoyat sodir etilmadi. 2404 ta mahallada aholi soniga nisbatan jinoyat kamayishiga erishilgan.

O‘tkazilgan profilaktik tadbirlarga qaramasdan jinoyat sodir etish ko‘rsatkichi oshgan. Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etishda joylarda hali-hanuz o‘z yechimini kutayotgan muammolar mavjudligi ta’kidlandi.

Qayd etilishicha, maktablarda ushbu soha bilan shug‘ullanuvchi maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari va sinf rahbarlari, inspektor-psixologlar, qolaversa mahalla raisi, profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli o‘rtasida samarali hamkorlik o‘rnatilmagani oqibatida 158 nafar voyaga yetmagan qizlar jinoyat sodir etgan.

Tadbirda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan 38 mingga yaqin xotin-qizlarga himoya orderi berish natijasida 18 839 ta oilani yarashtirishga, 16 298 ta nizoni bartaraf etishga erishilgan. 4 744 ta holatda ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik belgilangan va xotin-qizlarning buzilgan huquqlari tiklangani ma’lum qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: