Luvr - O‘zbekiston madaniyati bilan tanishish uchun o‘ziga xos markazga aylanadi

Jamiyat 21:09 / 27.10.2022 13485

Davlatimiz rahbari o‘z nutqida ikki mintaqa o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, jumladan, madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni chuqurlashtirishga chaqirdi.

«Yevropalik hamkorlarni mintaqamiz xalqlarining noyob tarixiy merosi, boy madaniyati va an’analari bilan keng tanishtirish maqsadida biz noyabr oyining ikkinchi yarmida Parijning Luvr muzeyida yirik ko‘rgazma tashkil etishni rejalashtirganmiz.

Bunday tadbirlarni har yili – Yevropa davlatlarining poytaxtlarida va madaniyat markazlarida hamkorlikda o‘tkazib borish tarafdorimiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, davlatimiz rahbari turizm sohasida yirik imkoniyatlar mavjudligini ta’kidlab, kelgusi yilda Xiva shahrida o‘tkaziladigan «Yevropa Ittifoqi –Markaziy Osiyo» birinchi turizm forumi doirasida Yevropaning yetakchi operatorlari e’tiboriga Umumiy mintaqaviy turizm mahsulotlari konsepsiyasini taqdim etishni taklif etdi.

Ko‘proq yangiliklar: