Asosiy stavka 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi

Iqtisodiyot 12:53 / 27.10.2022 30714

Markaziy bank xabariga ko‘ra, shuningdek, yig‘ilishda "Pul-kredit siyosatining 2023 yil va 2024-2025 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarining dastlabki konseptual loyihasi” ham ko‘rib chiqilib, ma’qullangan.

 Eslatib o‘tamiz, regulyator 8 sentabrdagi boshqaruv yig‘ilishida ham asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirgan edi.

Joriy yilning 21 iyul kuni Markaziy bank asosiy stavkani 1 foiz punktga, yillik 15 foiz darajasiga tushirishga qaror qilgandi.

2021 yilning yanvar, mart, aprel, iyun, sentabr, oktyabr va dekabr oylarida Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz – yillik 14 foizda saqlab qolgan.

Joriy yil 20 yanvarida Markaziy bank ham asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. 17 mart kuni O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani 17 foizga oshirdi. Bundan tashqari, 21 aprelda asosiy stavkani yillik 17 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirishga qaror qilindi.

Bundan tashqari, joriy yil 9 iyunida Markaziy bank asosiy stavkani 1 foiz punktga, yillik 16 foiz darajagacha pasaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

2018 yil boshida asosiy stavka 14 foiz darajasida bo‘lgan bo‘lsa, 2019 yilda u 16 foizgacha ko‘tarildi. 2020 yil aprel oyida stavka 15 foizga tushdi. Pandemiya va og‘ir iqtisodiy vaziyatda ham kurs o‘zgarmadi. 2020 yil oxirida stavka 14 foizga tushirildi.

Ko‘proq yangiliklar: