O‘zbekistonning iqtisodiy holati raqamlarda e’lon qilindi

Iqtisodiyot 07:45 / 24.10.2022 39774

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yalpi ichki mahsulot hajmining o‘sish sur’ati 5,8 foizni tashkil etdi.

Qayd etilishicha, sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi indeksi – 5,3 foiz, qurilish ishlari hajmining o‘sish sur’ati – 6,3 foiz.

Bundan tashqari, chakana savdo tovar aylanmasi o‘sish sur’ati – 10,8 foiz, bozor xizmatlari hajmining o‘sish sur’ati – 15,4 foiz.

Shuningdek, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining o‘sish sur’ati – 3,6 foiz, tashqi savdo aylanmasi o‘sish sur’ati – 27,2 foiz.
 
O‘z navbatida, eksportning o‘sish sur’ati – 35,7 foiz, importning o‘sish sur’ati – 22,3 foiz, faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni – 577 994 ta, transportda yuk tashishning o‘sish sur’ati – 2,1 foiz, aholining umumiy daromadlari o‘sish sur’ati – 10,7 foiz.

Ko‘proq yangiliklar: