Surxondaryoda bosh hamshira kaltaklandi. Bu so‘nggi 10 kunda shifokorlarga uchinchi hujum

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Sog‘liqni saqlash vazirligi Surxondaryo viloyatidagi shifoxonada hamshira farzandi oldida vahshiylarcha kaltaklangani haqidagi videolavha yuzasidan ma’lumot berdi.
«Ma’lum bo‘lishicha, Denov tuman sil kasalliklar shifoxonasi bosh hamshirasi D.I. va mazkur davolash muassasasi fizioterapiya bo‘limi hamshirasi S.T.ning shaxsiy adovati sabab, joriy yil 18 oktyabr kuni ertalab soat 10:00 lar atrofida ziddiyatli holat yuzaga kelgan. Ushbu holatga S.T.ning yaqinlari ham aralashib, shifoxona bosh hamshirasiga tan jarohati yetkazgan.
Tibbiyot xodimlarining odob-axloq qoidalariga zid xatti-harakatlarni sodir etgan hamshiralar vaqtincha ishdan chetlashtirildi. Shu bilan birga kaltaklangan hamshira qizining ruhiy holati va sog‘lig‘i mutaxassislar nazoratiga olingan.
Ayni paytda huquq-tartibot idoralari tomonidan ushbu holat yuzasidan tegishli surishtiruv ishlari olib borilib, voqea sabablari aniqlanmoqda», deyiladi xabarda.
Qayd etish kerakki, bu O‘zbekistonda tibbiyot sohasi vakillariga oktyabr oyi davomida qilingan uchinchi hujum bo‘ldi. 12 oktyabr kuni Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi xonadonlardan birida o‘z xizmat vazifasini o‘tayotgan «Tez yordam» xodimiga bemorning o‘g‘li tomonidan jarohat yetkazilgandi.
16 oktyabr kuni esa Toshkent shahar Mirobod tumanida chaqiruvga kelgan «Tez yordam» xodimi va 64 yoshli haydovchisi kaltaklangandi.
Mavzuga oid

12:40 / 23.02.2025
Surxondaryodagi milliy tabiat bog‘ida fotoqopqonga qor qoploni tushdi

17:50 / 21.01.2025
Surxondaryodagi maktablardan birida direktor o‘rinbosari o‘quvchi qizning nomusiga tegib kelgani ma’lum bo‘ldi

13:06 / 30.12.2024
Jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tuman sudi sobiq raisi o‘ziga qarshi suddan yashirindi. U sirtdan qamoqqa olinib, qidiruvga berildi

10:40 / 13.12.2024