Umraga borishni istagan fuqarolar pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 

Jamiyat 20:12 / 22.10.2022 20152

Andijon viloyati prokuraturasi xabariga ko‘ra, F.A. Xo‘jaobod tumanidan Umra mavsumida ziyoratga borish istagini bildirgan 74 nafar fuqarodan jami 1,4 milliard so‘m naqd pullarni olib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgan. 

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. 

Hozirgi vaqtda Xo‘jaobod tumani IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: