Milliy antidoping agentligi 9 oyda 5 nafar sportchi doping qabul qilganini aniqladi

Sport 13:38 / 20.10.2022 18674

Qayd etilishicha, agentlik tomonidan o‘tgan 9 oy davomida barcha sport turlari bo‘yicha 280 ta doping-sinamalar olindi va 5 nafar sportchi taqiqlangan modda iste’mol qilganligi aniqlandi.

Bundan tashqari, mamlakatda o‘tkazilgan xalqaro musobaqalarda sportchilardan doping-sinamalarni olish O‘zbekiston milliy antidoping agentligiga ishonib topshirildi. Bunda 95 ta sportchilarda tekshiruv ishlari olib borilgan.

Ta’kidlanishicha, agentlik tomonidan sportchilardan doping sinamalar olish yangi bosqichga olib chiqildi. Shu kunga qadar faqat peshobdan sinamalar olingan bo‘lsa, endilikda qon orqali sinamalar olish yo‘lga qo‘yildi.

Ko‘proq yangiliklar: