2022 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilyapti – 6,9 mlrd dollar.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, keyingi o‘rinlardan savdo aylanmasi mos ravishda 6,5 mlrd hamda 3,3 mlrd dollarni tashkil qilgan Rossiya va Qozog‘iston joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar bo‘yicha quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:
- Turkiya – 2,5 mlrd;
- Koreya – 1,8 mlrd;
- Qirg‘iziston – 867 mln;
- Germaniya – 783 mln;
- Turkmaniston – 569 mln;
- Afg‘oniston – 521 mln;
- Hindiston – 502 mln AQSh dollari.