Navoiyda 54 yoshli erkak o‘zini shifoxonaning 3-qavatidan tashladi

Jamiyat 19:46 / 18.10.2022 29000

Ijtimoiy tarmoqlarda erkak o‘zini poliklinika binosining 3-qavatidan tashlab yuborganligi haqidagi videolavha tarqaldi.

Bosh prokurorning matbuot kotibi Hayot Shamsuddinovning ma’lum qilishicha, mazkur hodisa Navoiy shahrida sodir bo‘lganligi haqida ma’lumot olingan.

Hozirda tergov-tezkor guruhi tomonidan voqea joyi ko‘zdan kechirilmoqda. Shuningdek, sodir etilgan hodisaning sabablari aniqlanmoqda. Natijalari haqida keng jamoatchilikka batafsil ma’lumotlar e’lon qilinadi”, — deyiladi xabarda.

Kun.uz manbasiga ko‘ra, holat bugun, 18 oktabr kuni soat 15:00 lar atrofida sodir bo‘lgan. 16 oktabr kuni davolanish uchun shifoxonaga kelgan 54 yoshli karamanalik bemor o‘zini noma’lum sabab bilan pastga tashlagan va vafot etgan. U aynan bugun yangi palataga ko‘chirilgan bo‘lgan.

Hozirda sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Ko‘proq yangiliklar: