Markaziy Osiyoda 20 million kishining kunlik daromadi 6,8 dollardan oshmaydi – Jahon banki

Iqtisodiyot 15:07 / 18.10.2022 34357

“COVID-19 pandemiyasi davrida qashshoqlik tez sur’atlar bilan oshganiga qaramay, 2021-2022 yillarda ko‘rilgan chora-tadbirlar o‘z samarasini berdi. Iqtisodiy o‘sish davom etar ekan, 2022 yilda mintaqada qashshoqlik ham pasayadi”, dedi Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha katta iqtisodchisi Uilyam Zeyts.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy Osiyoda millionlab odamlar qashshoqlik chegarasidan pastda yashashmoqda.

“Mintaqada kunlik daromadi 3,65 dollarlik chegaradan kam bo‘lgan 5 million kishi yashaydi. Shuningdek, 20 million inson kuniga 6,85 dollardan pastroq daromad ko‘radi. Markaziy Osiyoda qashshoqlikni tugatishga erishilgani yo‘q, shunga qaramay, bu tendensiya joriy yilda ijobiy bo‘lishi kutilmoqda”, - deya qo‘shimcha qilgan Zeyts.

Ma’lumot uchun, Markaziy Osiyo mamlakatlari aholisining umumiy soni qariyb 77 million kishini tashkil etadi. Ularning 35,8 millioni O‘zbekistonda, 19,3 millioni Qozog‘istonda, 9,3 millioni Tojikistonda, 6,5 millioni Qirg‘izistonda, 6,1 millionga yaqini Turkmanistonda istiqomat qiladi. 

Ko‘proq yangiliklar: