Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 14 oktabr kuni soat 14:00 larda, 4R-79 Qarshi-Chiroqchi-Shahrisabz avtomobil yo‘lining G‘uzor tumani hududidan o‘tgan 25-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Haydovchi E.X. o‘z boshqaruvida bo‘lgan Lacetti bilan harakatlanayotib G‘uzor tumani Qovchin qishlog‘i hududida harakatlanib kelayotib boshqaruvni yo‘qotgan. Shundan so‘ng mashina yo‘l chetiga chiqib ketib ag‘darilgan.
Lacetti haydovchisi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan X.E. og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.
Qayd etilishicha, hozirda hodisa yuzasidan G‘uzor tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq, 4R-79 Qarshi-Chiroqchi-Shahrisabz avtomobil yo‘lining Qamashi tuman hududidan o‘tgan qismida sodir bo‘lgan YTHda Nexia-2 mashinasi urib yuborgan velosiped haydovchisi vafot etgandi.