Qashqadaryoda sodir bo‘lgan YTHda haydovchi va yo‘lovchi vafot etdi

Jamiyat 17:58 / 16.10.2022 10021

Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 16 oktyabr soat 2:30 larda, A-380 G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynau avtomobil yo‘lining Koson tumani hududidan o‘tgan 78-kilometrida odamlar o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Haydovchi T.B. Spark mashinasi bilan harakatlanayotib, Koson tumani, “Obron” MFY hududiga kelganda, yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilgan.

Oqibatda, og‘ir tan jarohatlari olgan haydovchi T.B. hodisa joyida, Spark yo‘lovchisi U.V. esa shifoxonada vafot etgan.

Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB xuzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq, Qarshi-Chiroqchi-Shahrisabz avtomobil yo‘lining G‘uzor tumani hududidan o‘tgan qismida sodir bo‘lgan YTHda yo‘lovchi vafot etgandi.

Ko‘proq yangiliklar: