Navoiy shahrida tadbirkorning mablag‘ini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan shaxs aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Navoiy shahri bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan N.A. «I.E.» xususiy korxonasi rahbari Y.ning ishonchiga kirib, unga ammofos mineral o‘g‘itini olib berishni va’da qilib, aldov yo‘li bilan tadbirkorning 89,4 million so‘mini qo‘lga kiritgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.