“Agrobank” ATB quyidagi yo‘nalishlarda rahbarlik lavozimlariga tanlov e’lon qiladi!

Jamiyat 12:45 / 14.10.2022 18887
  • Chakana xizmatlarni rivojlantirish;
  • Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish;
  • Bank kartalariga xizmat ko‘rsatish;
  • Mobil ilovani rivojlantirish.

Nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:

-Oliy iqtisodiy ma’lumot, xalqaro sertifikat va diplomlar;

-Rus va ingliz tillarini a’lo darajada bilish;

-Yo‘nalish bo‘yicha kamida 5 yil faoliyat yuritgan bo‘lishi;

-Biznes jarayonlarni soddalashtirish, yangi bank mahsulotlari, xizmat turlari va sotuv kanallarini joriy etish, yo‘nalish bo‘yicha bankning bozordagi ulushini oshirish va faol mijozlar bazasining o‘sishini ta’minlash bo‘yicha malakaga ega bo‘lishi.

Bizning takliflarimiz:

- Respublikaning nufuzli bankida ish faoliyatini olib borish;

- Raqobatli ish haqi (suhbat davomida kelishuv asosida)

Agar sizni vakansiya qiziqtirgan bo‘lsa, hujjatlaringizni onlayn tarzda jo‘nating!

Murojaat uchun Telegram raqami: +998950367881

Elektron manzil: i.olimova@agrobank.uz

"Agrobank" ATB Matbuot xizmati 

Ko‘proq yangiliklar: