Surxondaryoda 14 yoshli bola mashina boshqarib 15 yoshli qarindoshining o‘limiga sabab bo‘ldi

Jamiyat 16:28 / 13.10.2022 31962

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 9 oktyabr kuni soat 1:00 larda Sho‘rchi tumani hududidan o‘tgan yo‘lda odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

2008 yilda tug‘ilgan 14 yoshli bola Nexia mashinasi bilan Sho‘rchi tumani Yoshg‘ayrat mahallasi hududida harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotgan.

Foto: Videodan kadr

Oqibatda, mashinada bo‘lgan qoidabuzar bolaning amakivachchasi, 2007 yilda tug‘ilgan bola og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.

Qayd etilishicha, viloyat IIB YHXB va Sho‘rchi tumani IIB YHXB xodimlari ishtirokida bolalar ta’lim olgan maktabda hodisa yuzasidan muhokama o‘tkazilgan. Muhokamada o‘quvchilarning transport vositalarini boshqarishi og‘ir oqibatlarga olib kelishi tushuntirilgan.

Avvalroq, Namanganda maktab o‘quvchisi «Jiguli»da tengdoshini bosib ketib, uning o‘limiga sabab bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: