Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktab direktori lavozimiga nomzodlar menejyerlik sertifikatini olishi kerak bo‘ladi

Foto: Shutterstock
“Maktab direktori lavozimiga nomzodlarga menejyerlik sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi maktablarda direktor lavozimida faoliyat olib borish huquqini beruvchi menejyerlik sertifikatini berish tartibini nazarda tutuvchi maktab direktori lavozimi nomzodlariga menejyerlik sertifikatini berish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlanadi.
Xalq ta’limi vazirligi 2023 yil 1 yanvardan boshlab A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti tuzilmasida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Xalq ta’limi xodimlari bilim darajasi va kasbiy mahoratini baholash markazi maxsus portali orqali nomzodlarga boshqaruv sohasiga oid bilim ko‘nikmalarini baholash va natijasi bo‘yicha davlat namunasidagi menejyerlik sertifikatini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va QR-kod qo‘yilgan elektron shaklda berish tizimini joriy qiladi.
Nizomga ko‘ra, umumta’lim maktabi direktor lavozimiga nomzodlar boshqaruv sohasiga oid bilim ko‘nikmalarini baholash va natijasi bo‘yicha davlat namunasidagi menejyerlik sertifikatini berish A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti tuzilmasida Xalq ta’limi xodimlari bilim darajasi va kasbiy mahoratini baholash markazi maxsus portali orqali nomzodlarga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va QR-kod qo‘yilgan elektron shaklda amalga oshiriladi.
Nizom talablari amalda faoliyat olib borayotgan umumta’lim muassasalari direktorlariga tatbiq etilmaydi. Sertifikat 3 yil davomida amal qiladi. Nomzodlar sertifikat amal qilish muddati davomida ham navbatdan tashqari sertifikat olishi bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etishi mumkin.
Maktab direktori lavozimiga nomzodlar menejyerlik sertifikatini olish uchun milliy-tadqiqot institutida maxsus pulli dasturlar asosida jamoada ishlash va ota-onalar bilan muloqot qilish, boshqaruv, moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ko‘nikmalariga o‘qitiladi. Milliy-tadqiqot institutida maxsus pulli dasturlar nomzodlar va institut tomonidan tuzilgan shartnoma asosida o‘qitiladi. Menejyerlik kursida bir tinglovchi o‘qish xarajatlari milliy-tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Sertifikat olish uchun nomzodlardan bazaviy hisoblash miqdori bir baravari miqdorida bir martalik to‘lov undiriladi. To‘lovlar milliy-tadqiqot instituti budjetdan tashqari hisobvaraqlariga o‘tkaziladi. Markaz faoliyati, xodimlar ish haqi to‘lovlari milliy-tadqiqot instituti budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Nomzodlar test sinovlariga uzrli sababga (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajargani, yaqin qarindoshi vafoti) ko‘ra kelmagan bo‘lsa, ular test sinovlari boshqa muddatga ko‘chiriladi va to‘lov summasi takroran undirilmaydi. Menejyerlik kursida yoki sertifikat berish test sinovlarida umumta’lim maktab direktori lavozim malaka tavsiflarida belgilangan talablariga ega bo‘lgan nomzodlar ishtirok etish huquqiga ega.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Dang‘arada Tojikiston bilan birgalikda 10 million dollarlik sim zavodi qurilmoqda
Iqtisodiyot | 21:25
-
Ukraina Rossiyaga muzokaralarning yangi raundini o‘tkazishni taklif qildi
Jahon | 20:47
-
Ilhom Aliyev Ukrainani hech qanaqasiga «okkupatsiyaga rozi bo‘lmaslik»ka chaqirdi
Jahon | 20:19
-
Indoneziyada bortida 280 kishi bo‘lgan parom yonib ketdi (video)
Jahon | 19:57
Mavzuga oid

12:29 / 19.07.2025
Fransiyalik top-menejer Moskva bilan biznes yurityapti

13:50 / 09.10.2024
Kambag‘allikni qisqartirish vazirligida "loyiha menejerlari" guruhi tashkil etiladi

18:25 / 28.08.2024
Bog‘cha direktori lavozimiga nomzod ko‘rsatishning yangi tartibi joriy qilinadi

07:34 / 20.04.2024