Navoiydagi koloniyada mahkum o‘z joniga qasd qildi

Jamiyat 13:51 / 09.10.2022 17599

Navoiy shahridagi beshinchi mintaqaviy hudud 4-son jazoni ijro etish koloniyasida mahkum vahshiylarcha o‘ldirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, mahkum M.O. 7 oktyabr kuni soat taxminan 01:35 larda koloniya intizomiy bo‘linmasining 2-hujrasida o‘zining kiyimidan arqon yasab, yotish uchun mo‘ljallangan o‘rin joyidagi karavot temiriga o‘zini osib, o‘z joniga qasd qilgan.

Mahkum M.O. 2018 yilning 30 avgustida jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyati sudi tomonidan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 2-qismi «l» bandi, 60, 61-moddalari bilan aybdor deb topilib, 15 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. (Jinoyat kodeksining bir nechta moddalari bilan muqaddam 4 marotaba sudlangan.)

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Navoiy maxsus prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilayotgan bo‘lib, sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Ko‘proq yangiliklar: