Chet el fuqarosining tillalari qaytarildi

Jamiyat 13:13 / 08.10.2022 14870

Majburiy ijro byurosining Toshkent tuman bo‘limi ish yurituvida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 15 iyuldagi “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulklarni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash to‘g‘risida”gi 200-sonli Qaroriga asosan jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent tuman sudining ijro varaqasiga asosan sudlanuvchi chet el fuqarosi N.R.ning ishi yuzasidan ashyoviy dalil deb e’tirof etilgan, Markaziy bank Qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash xizmatiga boyliklarni saqlash uchun qabul qilib olish dalolatnomasi bilan vaqtincha saqlash uchun topshirilgan, umumiy qiymati 56.835.650 so‘mlik jami vazni 95 gramm bo‘lgan zargarlik byumlar belgilangan tartibda N.R.ga qaytarish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lgan.

Ijro ishi bo‘lim ish yurituviga kelib tushganidan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror chiqarilgan.

Ushbu ijro hujjatini ijrosini ta’minlash maqsadida, bo‘lim tomonidan Markaziy bank Qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash xizmati rahbari nomiga yuqorida ko‘rsatilgan tovar moddiy boyliklarini Byuroning Toshkent tuman bo‘limi mas’ul xodimiga topshirish so‘ralgan. 

Tovar moddiy boyliklarini egasiga qaytarish jarayonida qiymati 56.835.650 so‘mlik umumiy vazni 95 gramm bo‘lgan 9 uzuk, 2 juft zirak va 1 dona toj (tilla qosh) zargarlik buyumlar belgilangan tartibda fuqaro N.R.ga tilxat asosida topshirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: